Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand mintaqaviy filiali xodimlari, va aprobatsiya komissiya a'zosi Qalandar Bobobekov bilan birgalikda Oqdaryo tumanida joylashgan "Doniyor ota" fermer xoʻjaligi dalasida olib borilgan tajribalarni o'tkazish jarayoni aprabatsiyadan o'tkazildi. Pomidorning ildiz chirish kasalligiga qarshi ekishdan oldin nihollarni Maksim XL 035 FS, 3.5% sus.k.,
Divident Suprim 132 FS, sud.k.,
Oʻzxitan 2%. s.e kimyoviy preparatlari bilan ishlov berib ekish uchun tayyorlangan. Pomidor, shirin qalampir va loviya ekilgan dalada kuzatilgan tajriba natijalari haqida va keyingi qilinishi kerak bo`lgan ishlar yuzasidan ilmiy xodimlar fermerlarga kerakli tavsiyalarni berdilar.