Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining 
"Xavfli va karantindagi begona o‘tlarni o‘rganish va qarshi kurashish laboratoriyasi" ilmiy xodimlari tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan paxta navlari (Xin Lu Zhao-52, Xin Lu Zhong-46, Jinken-1402 va Hongtai-6636)da gerbitsidiga nisbatan chidamlilik darajasini o‘rganish maqsadida "Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti"ning tajriba maydoniga ekilgan paxta navlari orasida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi ta’sir etuvchi moddasi Glifosat gerbitsidi qo‘llanildi. 

Ma’lumot uchun: Tajriba ikki xil variantda tashkil etildi: Nazorat varianti - o‘simliklarga gerbitsid purkalmasdan, tabiiy sharoitda o‘sishi kuzatildi. Glifosat bilan ishlov berilgan varianti - tanlab olingan navlarga tavsiya etilgan miqdorda Glifosat gerbitsidi qo‘llanildi.