Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzKaryera kuni yarmarkasi

Samarali aloqa qilish va mijozlarni mamnun qilish karyera uchun asosiy omilardandir.
Bugun Toshkent davlat agrar universitetida joriy o’quv yili uchun universitet bitiruvchilarini ish bilan muntazam ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda bakalavriyat va magistratura bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu yarmarkada “O‘simliklarni himoyasi va karantini” kafedrasining xamkor tashkilotlari, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining birinchi o‘rinbosari Bobur Xamrayev Zoxirovich “O‘simliklar karantini va himoyasi ” ilmiy tadqiqot instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Azimjon Anarbayev Raimqulovich, “BAHOR GULLARI” kompaniyasi direktori, “AGRO CENTRAL” MCHJ kompaniyasi direktori, Shukurov Alisher Batirovich, “CHEMICAL SOLUTIONS” MCHJ kompaniyasi direktori, Maxamadxo’jayev Abdulloxxo’ja Sunnatxo’ja o’g`li va kafedra professor o‘qituvchilari o‘zlarining ko‘rgazmali ishlari bilan faol qatnashdilar va ko‘plab memorandum imzolashga erishishdi.