Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzJigarrang marmarsimon qandala (Halyomorpha halys Stal)

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilimiy-tadqiqot instituti hamda Zoologiya instituti olimlari bilan hamkorlikda Respublikamizda tashqi karantin zararkunanda Jigarrang marmarsimon qandala – (Halyomorpha halys Stal) turi qishloq xoʻjaligi hududlarida aniqlangan. Ushbu zararkunanda juda xavfli xisoblanib 300 ga yaqin qishloq xoʻjaligi ekinlarini zarar keltiradi.
Hozirda aniqlangan tashqi karantin zararkunanda bo’yicha Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilimiy-tadqiqot instituti hamda Zoologiya instituti olimlari bilan hamkorlikda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Jigarrang marmarsimon qandala – (Halyomorpha halys Stal). Yarim qattiq qanotli hasharotlarning Pentatomomorpha infraturkumi xaqiqiy qalqonlilar (Pentatomidae) oilasiga mansub hisoblanadi (Aukema et al., 2006). Pentatomidae oilasining bugungi kunda dunyo miqyosida 900 avlodga mansub 5000 ga yaqin (Schuh, Slater. 1995; Rider. 2006), Qozog‘istonda 139 tur (Esenbekova, 2015), Tojikistonda 130 ga yaqin (Kirichenko, 1966), O‘zbekistonda esa 100 ga yaqin (Popov, 1976; Aukema et al., 2006) turi qayd etilgan.
a.qandala tuxumidan chiqgan lichinkalari |
b.yetuk yoshdagi qandala |
c.zararlangan apelsin |
d. zararlangan apelsin |
e.zararlangan apelsin |
f.qandala lichinkasi |
Zarari: Jigarrang marmarsimon qandala (Halyomorpha halys Stal) zararkunandasi deyarli xammaxo‘r bo‘lib, 49 ta botanik oilaga mansub 300 dan ortiq qishloq ho‘jalik ekinlariga katta zarar etkazadi. Yosh lichinkalar va voyaga etgan qandalalar doim bir xil o‘simlik turlari bilan oziqlanadi, ko‘pchiligi mevali yosh daraxtlar, qovoqdoshlar, rezavorlar, dukkakli o‘simliklar, makkajo‘xori, manzarali va dekorativ o‘simliklarga katta zarar etkazadi.
Tashqi tuzilishi: Qandalaning rangi asosan qo‘ng‘ir-jigarrang tusda bo‘ladi. Erkaklarining bo‘yi o‘rtacha 12-14 mm, urg‘ochilariniki nisbatan kattaroq 14-17 mm uzunlikda bo‘ladi. Tuxumlarining diametri 1,2-1,3 mm atrofida bo‘ladi. Lichinkalari 5 ta bosqichda (yosh) rivojlanadi. Bir yoshli lichinkalarining bo‘yi 1,2-1,5 mm, ikki yoshda 2,6-3,0 mm, uch yoshda 4,2-4,4 mm, to‘rt yoshda 8,8-10,2 mm, besh yoshda 11,0-11,5 mm gacha kattalikda bo‘ladi. Mo‘ylovlari 5 ta bo‘g‘indan iborat bo‘lib, 4-5 chi bo‘g‘inlari 2 mm dan boshqa bo‘g‘inlarga nisbatan uzun bo‘ladi. Birinchi bo‘g‘ini ko‘zga yaxshi tashlanmaydigan darajada kichik bo‘lib, o‘rtacha 0,7 mm uzunlikda bo‘ladi. Mo‘ylovlarining faqat 4-5 chi qismida qora xalqalar mavjud bo‘ladi. Murakkab ko‘zlarining orqa qismida ko‘zga tashlanmaydigan darajada kichik oq shishlarining bo‘lishi bu turning asosiy belgisi hisoblanadi. Tashqi qanotlarining oxirgi pardasimon membrane qismida qo‘sh qator bo‘lib joylashgan 5 tadan qora dog‘lari bo‘ladi. Tanasining tergit qismi pastida (connexivum) 5 juft yaqqol ko‘zga tashlanib turuvchi qora dog‘lar bo‘ladi. Erkak va urg‘ochilari bir biridan genital qismlari orqali farqlanadi.
1.yetuk yoshdagi |
2.qandala tuximi |
3. 1 chi yoshdagi qandala lichinkasi |
4. 2 chi yoshdagi qandala lichinkasi |
5. 3 chi yoshdagi qandala lichinkasi |
6. 4 chi yoshdagi qandala lichinkasi |
Hayot kechirishi: Voyaga etgan qandala odamlarning xonadonlari har xil binolarda qishlab qoladi. Bu zararkunanda devor yoriqlari va ularning tutushgan joylaridan uylar ichiga kirib oladi, o‘ziga qulay va issiqroq joylarda qishlab chiqadi. Shunday qilib bir uyda bir necha minglab hasharotlar to‘planishi ham mumkin. Erta bahorda issiqlik manbaalari o‘chirilganda qandalalar uylarning shiftiga yoki yorug‘lik lampalarining atrofida to‘planib bir qator noqulayliklar keltirib chiqaradi. Bahorda urg‘ochi qandala 1,3 mmdan 1,6 mmgacha uzunlikda bo‘lgan oq rangli tuxumlarni qo‘ya boshlaydi. Odatda urg‘ochi qandala barglarning orqa tomoniga 20-30 tadan to‘p-to‘p qilib tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan nimfalar bir necha kun tuxum qo‘yilgan joylarda qoladi. Bu tur lichinkalari besh yoshli fazadan iborat bo‘lib, har bir yosh lichinkalari bir-biriga o‘xshash bo‘lib ayni bir jixati bilan farqlanadi.
Birinchi yoshdagi nimfalar to‘q sariq yoki qizil rangda bo‘ladi. Ikkinchi yoshdagi bosqichda lichinkalarining rangi to‘qlashadi, deyarli qora rangda bo‘ladi. Oxirgi yoshdagi lichinkalar oqish-jigarrang tusga ega bo‘ladi. To‘liq rivojlanish davri 35-45 kun davom etadi. Namli subtropik Rossiya va Abxaziyada bir yilda uch marta avlod berib rivojlanadi. Birinchi avlodi may oyining birinchi dekadasidan (tuxum qo‘yishdan) to iyun oyining ikkinchi va uchinchi dekadasidan to avgust oyining birinchi dekadasigacha davom etadi. Uchinchi avlodi avgust oyining birinchi dekadasidan to oktabr oyining birinchi dekadasigacha davom etadi. Shundan so‘ng imago ya’ni voyaga etgan qandala qishgi diapauzaga ketadi.
Feromon tutqichlardan foydalanish:
- Tashqi karantin zararkunandalari marmarsimon qandalaning feromon tutqichlari aeroport, temir yo‘l vokzallar atrofiga, chegara postlariga, chet davlatlar bilan chegaradosh hududlarga o‘rnatilib, zararkunanda bor-yo‘qligi nazorat qilinadi.
- Feromon o‘rnatilgandan keyin to birinchi etuk erkak zoti tushguncha har uch kunda ertalab kuzatuv olib boriladi, bu tashqi karantindagi xavfli zararkunandalar aniqlanishi bilan markaziy yoki viloyat laboratoriyasiga aniqlik kiritilish maqsadida etkaziladi.
- Tashqi karantin zararkunanda aniqlangan holatda tegishli dalolatnoma tuziladi, va bu haqda O‘simliklar karartini va himoyasi agentligiga va O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutigaga zudlik bilan xabar beriladi, karantin e’lon qilinadi va zararkunanda paydo bo‘lgan o‘choqni yo‘qotish bo‘yicha barcha choralar ko‘riladi