Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uz“IPM” tizimi bo‘yicha o‘quv kurslarida tajribasi oshirilgan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida Yevropa Ittifoqining “Ask Facility” dasturi texnik ko‘magidagi Buyuk Britaniyaning CABI tashkiloti hamda NRI tabiat tadqiqoti instituti mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tgan o‘quv kurslari yakunlandi.
15-27-avgustga qadar davom etgan o‘quv kurslari II bosqichi hisoblanib, mazkur o‘quv kurslarida nafaqat O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, balki tadbirkorlar ham ishtirok etishdi.
O‘quv kurslarida soha vakillarining “IPM” sohasidagi bilimlari oshirildi va o‘rganilgan jahon tajribasini milliy fitosanitariya sohasiga joriy etish maqsad qilingan.
O‘quv kursi yakunida 20 nafar tinglovchi maxsus sertifikatga ega bo‘ldi. Keyinchalik bilim olgan mutaxassislar mavjud dastur asosida hududlarda faoliyat yuritayotgan agronom-inspektorlarning “IPM” tizimiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘qitishlari mumkin bo‘ladi.