Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzIlmiy-tadqiqot institutida xalqaro ekspertlar ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “O‘simliklarni himoya qilish sohasi muammolari va ularning zamonaviy yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5185-son qarori bilan tasdiqlangan “2021-2024-yillarda o‘simliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq Agentlik va tizim tashkilotlari tomonidan xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirish, jumladan o‘simliklar karantini sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilotlarning ekspertlarini jalb etgan holda sohada kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Yuqoridagilarga asosan tashkil etilgan xalqaro anjumanda bir qator davlatlarning ekspertlari, jumladan Turkiya davlatidan Mustafo Uz, Italiyadan Dusuncheli Fazil va Rujjero Malossi, Irlandiyadan Tom Kanningem kabi xalqaro ekspertlar hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining vakillari, Toshkent shahar, Toshkent viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari agronom inspektorlari va O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari, shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti olimlari sohaga oid dolzarb ilmiy maqolalar va ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, anjumanda O‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi bugungi kundagi muammolarga ilmiy yechimlar izlash va ularni bartaraf qilish kabi ko‘plab mavzularning muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Anjuman yakuni bo‘yicha Agentlikning tizim tashkilotlari, xususan, Ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘simliklar karantini sohasidagi xorijiy tashkilotlarning hamkoriligini mustahkamlash, fitosanitar xavfsizlikni ta’minlashda ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy innovatsion yechimlar, rejalashtirish va boshqarish usullarini joriy etish, ilg‘or texnologiyalar hamda ish usullarini joriy etishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sohada kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.