Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzIlmiy izlanish

O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti “Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi” laboranti Narmatov Sardor Esirgapovich 2025-yil 27-may kuni o‘z dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🧬 Dissertatsiya mavzusi:
“Porloq-4 va Ravnaq-1 g‘o‘za navlarida biostimulyator hamda bioo‘g‘itlar ta’sirida o‘zgaruvchan nomzod genlarni tavsiflash”
Muhokama jarayonida tadqiqotchi dissertatsiyasi doirasida olib borgan izlanishlari natijalarini taqdim etdi, rasmiy opponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi.
👏Sardor Esirgapovichni ushbu yuksak ilmiy natijasi bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Unga kelgusi ilmiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.