Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Ilmiy izlanish

Ilmiy izlanish

Bugun O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorantlarnig ilmiy izlanishlarni olib borilishi va himoyaga yo‘naltirishga bag‘ishlangan qo’shma laboratoriya muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qo’shma laboratoriya muhokamasida o‘z ishlari bilan tayanch doktorant Otajanov Anvar Abdurahim o'g' lining “O‘zbekistonning markaziy hududlarida qovunning asosiy kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish” mavzusidagi 06.01.09 – “Oʻsimliklarni himoya qilish” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi taqdimoti, Akbarov Mirjamol Mirodilovich “Ildizmevali sabzavot ekinlarining zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari” mavzusidagi 06.01.09 – “Oʻsimliklarni himoya qilish” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi taqdimoti va Yo‘ldoshov Abdulaziz Abdumalik o‘g‘lining “No‘xat hosildorligi va donining sifat ko‘rsatkichlariga gerbisid hamda biostemulyatorlarning ta'siri” mavzusidagi 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari) ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi taqdimotlari bilan tanishildi.