Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

G‘allani yanvar-fevral oylarida parvarishlashning agrotexnik chora-tadbirlari

G‘allani yanvar-fevral oylarida parvarishlashning agrotexnik chora-tadbirlari

Yanvar hamda fevral oylarida kutilayotgan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda kechki, rivojlanishdan orqada qolgan, kuzda oziqlantirilmagan g‘alla maydonlarida azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish hamda sug‘orish ishlarini amalga oshirishni taqozo etmoqda.

   G‘allaga beriladigan o‘g‘it va suv o‘simlik ildiz sistemasining rivojlanishini kuchaytiradi va tuplash bo‘g‘inining kattalashishiga hamda tuplash bo‘g‘inida shakar moddalarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

   Bu sharoitda g‘alla o‘simligi o‘sish o‘rniga vegetativ organlarini, ya’ni tuplash bo‘g‘inini kattartiradi va erta bahorda katta tuplash bo‘g‘inlaridan yirik naychalar hamda poyalarni shakllantiradi. Katta naycha va poyalardan yirik boshoqlar hosil bo‘lishini ta’minlaydi.

   Oziqlantirilmagan va sug‘orilmagan, tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan g‘alla maydonlaridagi nihollar sovuqqa, boshqa omillarga beriluvchan hamda kasallik va zararkunandalarga tez chalinuvchan bo‘lib qoladi. Erta bahordan tuplanmasdan naychalash fazasiga o‘tib ketishi g‘allaning hosildorligi pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.

   Qish mavsumining iliq kelishiga qaramay, ayrim viloyatlardagi dalalarda g‘alla rivoji orqada, tuplash darajasi pastligi kuzatilmoqda. Rivoji past bo‘lgan yaxshi tuplamagan g‘alla maydonlarida begona o‘tlarning ko‘payishi hamda kasalliklar va zararkunandalarning rivojlanishi kuchayib, hosildorlikka jiddiy zarar keltirishi ko‘p yillik amaliyotda kuzatilgan.

  Shuning uchun kech ekilgan, rivojdan orqada qolgan g‘alla maydonlariga ob-havo sharoitidan kelib chiqib, azotli mineral o‘g‘itlar va mavjud bioo‘g‘itlar bilan oziqlantirish va sug‘orish ishlarini taqozo etmoqda.

   Ayni kunlarda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida quyidagi agrotexnik ishlarni amalga oshirish zarur:

  bugungi kundagi ob-havo sharoitidan kelib chiqib, kech ekilgan, nihollar unib chiqmagan g‘alla maydonlarini havo harorati -10 C° darajadan past bo‘lganda sug‘orish tavsiya etilmaydi. Ushbu g‘alla maydonlari havo harorati 0, -50 C° daraja bo‘lganda sug‘orish ishlari o‘tkaziladi;

   g‘alla nihollari rivojdan orqada qolgan, 1-2 ta, 3-4 ta bargli g‘alla maydonlariga gektariga 100 kg me’yorda azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish hamda sug‘orish ishlarini ko‘llatmasdan, sharbat usulida amalga oshirish lozim.

   Ushbu maydonlarga nihollar to‘la tuplagunga qadar biostimulyatorlardan “Geogumat”, “Uzgumi”, “Gumimaks”, “Baykal-M” kabi kimyoviy vositalar bilan 1 marta hamda to‘la tuplagandan keyin esa karbamid azotli o‘g‘iti bilan suspenziya sepishni tashkil etish lozim.