Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzErkin muloqot

Haftaning har Chorshanba kuni O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining Erkin muloqot dasturi bo’lib o’tadi. Bugun Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasining xodimlari tomonidan onlayn tarzda o‘tkaziladigan “ERKIN MULOQOT” da “Yurtimizda qish-bahor fasllarida o‘simliklarni himoya qilish masalasida dolzarb vazifalar” mavzusi bo‘yicha q.x.f.d., professor Shomil Tursunovich Xo‘jayev o‘z ma’ruzalari bilan soha mutaxassislari, agroklasterlar, dehqon-fermer xo‘jaligi rahbar xodimlari hamda o‘simliklarni zararli organizmlariga qarshi kurashishda qiziquvchilar qatnashishdi. Erkin muloqotda tinglovchilar o‘zlarining savollariga to‘liq , mazmunli hamda ilmiy asoslangan javoblarini oldilar.