Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari Hindistonning Haydarobod shahrida malaka oshirmoqdalar

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari Hindistonning Haydarobod shahrida malaka oshirmoqdalar

Hindistonning Haydarobod shahri, Oʻsimliklar salomatligini boshqarish milliy institutida (National Institute of Plant Health Management – NIPHM) O’zbekistondan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari bilan tanishuv tadbiri bo’lib o’tmoqda

Ushbu malaka oshirish dasturi ilmiy-tadqiqot faoliyatining eng dolzarb yo‘nalishlarini qamrab oladi:

1. Zararkunandalar diagnostikasi  zamonaviy texnologiyalar yordamida qishloq xo‘jaligi zararkunandalarini aniqlash va ularga qarshi kurashish.

2. Fitosanitar xavf tahlili xavfli zararkunandalar tarqalishini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha xalqaro strategiyalar.

3. Dala nazorati  dala sharoitida zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash usullarini qo‘llash va monitoring qilish.

Haydaroboddagi bu o‘quv dasturi zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha yangi bilimlar olish imkoniyatini yaratib, Hindiston tajribasini o‘rganish orqali mahalliy amaliyotga joriy etilishi mumkin bo‘lgan samarali usullarni taqdim etadi