Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzE’LON! PRIM-0124 LOYIHASI DOIRASIDA ILMIY MAQOLA YOZISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINAR UCHUN TANLOV E’LON QILINADI

E’LON! PRIM-0124 LOYIHASI DOIRASIDA ILMIY MAQOLA YOZISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINAR UCHUN TANLOV E’LON QILINADI
Loyiha nomi:
PRIM-0124 – “O‘simliklarni himoya qilish sohasida ilg‘or tadqiqot infratuzilmasini joriy etish va salohiyatni oshirish orqali institutni modernizatsiya qilish”
Buyurtmachi tashkilot:
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
Tanlov predmeti:
Ilmiy xodimlar salohiyatini oshirish maqsadida Scopus va Web of Science (WoS) reyting tizimlariga kiruvchi nufuzli jurnallarda ilmiy maqola yozish, tahrirlash va chop etish bo‘yicha 4 kunlik ilmiy o‘quv-seminarni tashkil qilish xizmatlarini ko‘rsatish uchun individual konsultant yoki tashkilotni tanlab olish.
Tanlov maqsadi:
- Ilmiy xodimlarni xalqaro nashr talablari asosida maqola tayyorlashga o‘rgatish
- Mustaqil maqola yozish, plagiat nazorati, jurnal tanlash, IMRAD tuzilmasi va bibliografik havolalash bo‘yicha malakani oshirish
- Institutning ilmiy-innovatsion salohiyatini va xalqaro reytingini mustahkamlash
Treningdan kutilayotgan natijalar:
- Kamida 10 ta maqola xalqaro (Scopus/WoS) jurnallarga topshirishga tayyorlanadi
- Kamida 20 nafar xodim mustaqil maqola yozish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi
- Institut ilmiy faoliyatining milliy va xalqaro reytingi oshadi
- Plagiatni oldini olish, etika, havola berish madaniyati kuchaytiriladi
Nomzod(lar)ga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Ilmiy malaka:
- Scopus yoki WoS bazasida nashr qilingan maqolalar soni
- h-index ko‘rsatkichi (Scopus yoki WoS)
Pedagogik va amaliy tajriba:
- So‘nggi 5 yilda maqola yozish bo‘yicha seminar/trening o‘tkazganlik
- MSc/PhD talabalariga malakaviy darslar berganlik
Tahrir va taqriz tajribasi:
- Xalqaro jurnallarda taqrizchi (reviewer) bo‘lganlik
- Nufuzli jurnallarda muharrir (editor) yoki tahririyat a’zosi sifatida faoliyat olib borganlik
Seminar joyi va muddati:
- Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko‘chasi, 4-uy
- Muddat: 2025-yil may–iyun oylarida (1 oylik shartnoma asosida)
Hujjatlarni yuklab olish:
Tanlov shartlari va texnik topshiriq bilan to‘liq tanishish uchun quyidagi havolani bosing:
TOR – Seminar tashkil etish uchun texnik topshiriq (PDF)
Murojaat uchun aloqa ma’lumotlari:
Elektron pochta: ilmiymarkaz@karantin.uz
Telefon: (+998 71) 203-92-92
Manzil: 111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko‘chasi, 4-uy
Ilmiy salohiyatni global bosqichga olib chiqishda sizning tajribangiz muhim!
Tanlovda ishtirok eting va ilm-fanga hissa qo‘shing!