Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Buyuk Britaniyalik mutaxassislarning “IPM” tizimi bo‘yicha tajribasi o‘rganiladi

Buyuk Britaniyalik mutaxassislarning “IPM” tizimi bo‘yicha tajribasi o‘rganiladi

 

O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida Yevropa Ittifoqining “Ask Facility” dasturi texnik ko‘magidagi Buyuk Britaniyaning CABI tashkiloti hamda NRI tabiat tadqiqoti instituti mutaxassislari, qishloq xo‘jaligi sohasida salkam 40 yillik tajribaga ega Xans Dobson va Manfred Grossrider ishtirokida o‘quv kurslari boshlandi.

Dasturning I bosqichida 2022-yilda 26-aprel 30-may kunlari Agentlik tizimidagi mutaxassislar salohiyati o‘rganilib, “IPM” bo‘yicha treninglar tashkil etilgan edi.

Ayni vaqtdagi o‘quv kurslari II bosqichi hisoblanib, 15-27-avgustga qadar davom etadi. Bu jarayonda ham Agentlik xodimlari “IPM” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.

Xo‘sh, “IPM” – bu nima? Integrated Pest Management – zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurash bo‘lib, zararli organizmlarning populyatsiyasini oldini olishda ko‘riladigan chora-tadbirlar kompleksi hisoblanadi.

Mazkur o‘quv kurslarida nafaqat O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, balki tadbirkorlar ham ishtirok etishmoqda. Maqsad – ishtirok etayotgan soha vakillarining “IPM” sohasidagi bilimini oshirish, jahon tajribasini o‘rganish va milliy fitosanitariya sohasiga joriy etishdan iborat.

O‘quv kursi yakunida 20 nafar tinglovchi maxsus sertifikatga ega bo‘ladi. Keyinchalik mavjud dastur asosida hududlarda faoliyat yuritayotgan agronom-inspektorlarning “IPM” tizimiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘qitishlari mumkin bo‘ladi.