Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uz“Biz korrupsiyaga qarshimiz”

Bugun O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti majlislar zalida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida institut xodimlari va mintaqaviy filial xodimlari uchun tadbir bo`lib o`tdi.
Tadbirni O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutidan Otabek Abdushukirovich so`zga chiqib ochib berdi, undan so`ng Toshkent viloyati prokuraturasi bo`lim katta prokurori Mirza Abdurahmonvich so`zga chiqib institut xodimlariga korrupsiya illati haqida maruza qilib xodimlar bilan birgalikda mavzu bo`yicha savol-javob qilib fikr almashdilar. Tadbirda institut xodimlari to`liq tarkibda va barcha mintaqaviy filial xodimlari zoom platformasi orqali qatnashdilar.