Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzBarqaror Yashil Iqtisodiyot Sari Yangi Qadamlar 🌿

Barqaror Yashil Iqtisodiyot Sari Yangi Qadamlar 🌿
🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti “Milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish” (PRIM) dasturi doirasida “Institutional Modernization Plan for Plant Protection through the Implementation of Advanced Research Infrastructure and Capacity Building” loyihasini amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha zamonaviy ilmiy infratuzilmani rivojlantirish va ekologik xavfsiz qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan.
📌Loyihaning asosiy maqsadlari:
✅ Ilg‘or biohimoya tizimlarini rivojlantirish
✅ Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlikni ta’minlash
✅ Ilmiy tadqiqotlarni xalqaro darajaga ko‘tarish va sertifikatsiyalash tizimini takomillashtirish
✅ Innovatsion boshqaruv va malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish
✅ Zamonaviy ilmiy va texnologik yechimlarni joriy etish orqali fermerlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash
🌐 Loyiha qaysi SDG (Barqaror rivojlanish maqsadlari)ga xizmat qiladi?
1️⃣ SDG 2: Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
- Mos keluvchi pillar:
🔸 B (Capacity Building): ISO sertifikatsiyalari va GLP (Good Laboratory Practice) treninglari orqali laboratoriya va tadqiqot infratuzilmasini takomillashtirish.
🔸 E (Research and Business Collaboration): Fermerlar va tadbirkorlar bilan ekologik zararkunanda nazorati bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish.
2️⃣ SDG 8: Barqaror iqtisodiy o‘sish va sifatli ish o‘rinlari yaratish
- Mos keluvchi pillar:
🔸 C (Strategic Planning): KPI tizimlarini joriy etish va boshqaruv malakalarini oshirish orqali samarali boshqaruv tizimlarini rivojlantirish.
🔸 D (Knowledge Exchange and Sharing): Xalqaro ilmiy konferensiyalar va o‘quv dasturlarini tashkil etish orqali malakali kadrlar tayyorlash.
3️⃣ SDG 9: Sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma
- Mos keluvchi pillar:
🔸 B (Capacity Building): Tadqiqotlarni tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni laboratoriyalarda joriy etish.
🔸 C (Strategic Planning): Strategik rejalashtirish orqali qishloq xo‘jaligidagi ilmiy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish.
4️⃣ SDG 12: Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish
- Mos keluvchi pillar:
🔸 E (Research and Business Collaboration): Barqaror qishloq xo‘jaligi uchun ekologik toza biopreparatlarni rivojlantirish va foydalanishni kengaytirish.
🔸 F (Community Engagement): Fermerlar va jamoalar uchun ekologik himoya bo‘yicha treninglar va seminarlar o‘tkazish.
5️⃣ SDG 15: Quruqlikdagi hayotni saqlash
- Mos keluvchi pillar:
🔸 D (Knowledge Exchange and Sharing): Ekotizimlarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro ilmiy hamkorlik va tadqiqotlar o‘tkazish.
🔸 F (Community Engagement): Jamoat va yoshlar orasida ilm-fan va ekologik barqarorlikni ommalashtirish.
Mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, PRIM dasturi doirasida kengaytirilgan moliyalashtirish orqali boshqa qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida biohimoya texnologiyalarini tatbiq etish imkoniyati yaratiladi. Bu orqali ekologik xavfsiz va barqaror yashil iqtisodiyotga asoslangan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shiladi.
Hamkorlikka ochiqmiz! 🤝
Loyiha jamiyat, fermerlar va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatib, barqaror kelajak sari birgalikda harakat qilishga chaqiradi.
“Barqaror yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan ilg‘or biohimoya tizimini joriy etish” g‘oyasi bilan barcha manfaatdor tomonlarni hamkorlikka taklif etamiz!