Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

«ASK Facility» dasturi doirasida O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga pestitsidlar bilan ishlashda tajribaga ega mutaxassis tashrif buyurdi.

      Qishloq xo‘jaligi yo'nalishida 20 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis Mark Devis ilmiy-tadqiqot institutining faoliyati, olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdi. Ilmiy xodimlar bilan suhbatda pestitsidlarning respublika hududiga olib kirilishi, saqlanishi va ularni qo'llash doir ma'lumotlar yuzasidan fikr almashildi. 
      Qayd etish lozim, Mark Devis so'nggi yillarda pestitsidlar bilan ishlashning yangi usul va texnologiyalarini takomillashtirish, joriy etish bo'yicha izlanishlar olib bormoqda. Mamlakatimizga tashrifi doirasida ham mutaxassislar makur yo'nalishdagi tajribasi bilan o'rtoqlashadi.
      Mutaxassislar e'tibor markazidagi yana bir masala pestitsidlar bilan xavfsiz ishlash va ularni yo‘q qilish tartibi bo'ldi. Sababi bu turdagi o'simliklarni himoya qilish vositalari kimyoviy asosga ega bo'lib, ularni qo'llashda, saqlashda va yo'q qilishda alohida talab va me'yorlarga amal qilish zarur.

      Ma'lumot uchun, O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida 12 ta laboratoriya faoliyat yurutib, deyarli barchasida o'simlik turiga qarab pestitsidlarning ta'siri o'rganiladi.