Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzAnor mevaxo`ri haqida

Anor mevaxo’ri haqida
lotincha nomi – (Euzophera punisaella Mooze) O’zbekistonning ko’pgina hududlarida Anorning ashaddiy zararkunandasi hisoblanadi. Anorning chirib, yorilib ketishining va to’kilib ketishining sababi aynan mana shu zararkunanda tufayli. Anor mevaxo’ri Eron, Hindiston, Afg’oniston, Turkmaniston, Tojikiston, Guruziya, Armaniston va boshqa davlatlar hududida uchraydi.
Shikastlangan mevalar ikkilamchi mikroorganizmlar faoliyati oqibatida chiriydi, yoriladi, to’kiladi va yaroqsiz bo’lib qoladi. Buning natijasida daraxt va bog’ xosildorligi kamayadi, mevasining sifati pasayadi.
Kurash choralari:
Anor gullashidan boshlab vaqti –vaqti bilan u yerga trixrogramma kushandasini (1g/ga) tarqatib turish yaxshi samara beradi. Anor gullagandan keyin anor mevaxo’riga qarshi kimyoviy kurashdan quyidagini inobatga olib 1,2 marta ishlov berish bilan kifoyalanmay may oyi va undan keyin ham har 15 kunda bir marta preparatlardan foydalaniladi. Kimyoviy kurash choralari: Tsipermetrin 25% e.k (tsim bush Sherpa, nurrell) preparatidan foydalanish zararkunanda sonini kamaytiradi.