Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzAgentlikda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

Bayram tadbirida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbariyati, markaziy apparati xodimlari hamda Agentlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni Agentlik bosh direktori I.Ergashev ochib berib, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi” bayrami bilan barchani tabrikladi hamda xodimlarga kelgusida sharafli hamda masʼuliyatli vazifalarini bajarishda zafarlar tilab, o‘zining samimiy tilaklarini izhor etdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Agentlikning rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan, bajarayotgan ishiga vijdonan, masʼuliyat bilan yondoshayotgan, xizmat majburiyatlarini sifatli bajarib, ijobiy natijalarni qayd etayotgan bir guruh xodimlar Agentlikning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, bayram mobaynida sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib kelgan va hozirgi kunga qadar O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ishlab kelayotgan Viktor Podarov va Tohir Islamovlarni mehnat nafaqasiga kuzatish tadbiri ham bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar ustozlarning o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi samarali mehnatlari va o‘tgan davr mobaynida ko‘plab iqtidorli, fidoyi shogirdlarni kamolga yetkazganligiga to‘xtalib o‘tdilar hamda kelgusida farzandlari, nevaralari va shogirdlarining baxtini ko‘rib yurishiga tilak bildirdilar hamda ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.